O’zbekiston respublikasining xitoy xalq respublikasi bilan ilmiy va madaniy sohalardagi aloqalari.
Ushbu dissertatsiya Oʻzbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi oʻrtasidagi ilmiy va madaniy aloqalar va hamkorlikning zamonaviy holatini tadqiq etadi. Tadqiqotda ikki davlat oʻrtasidagi hamkorlikning tarixiy ildizlari, huquqiy asoslari, tamoyillari, fan-texnika va madaniyat sohalaridagi hamkorlikning rivojlanishi hamda turizm va sport sohalarining oʻrni atroflicha tahlil qilingan. Oʻzbekistonning mustaqillikka erishgandan keyin Xitoy bilan aloqalarining rivojlanish bosqichlari, erishilgan yutuqlar va istiqbolli yoʻnalishlar koʻrsatib berilgan. Tadqiqotda arxiv hujjatlari, ilmiy adabiyotlar va boshqa manbalardan keng foydalanilgan boʻlib, mavjud muammolar va ularning yechimlari boʻyicha tavsiyalar berilgan.