Ўзбекистон-қозоғистон муносабатларининг географик жиҳатлари
Maqolada O'zbekiston-Qozog'iston munosabatlarining siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jihatlari tahlil qilinadi. O'zbekiston va Qozog'iston o'rtasidagi munosabatlar mustaqillik yillarida yo'lga qo'yilgan bo'lib, davlatlararo munosabatlarning asosiy yo'nalishlari Markaziy Osiyo mamlakatlari o'rtasida iqtisodiy, siyosiy, madaniy hamkorlik va yadroviy, ekologik xavfsizlik sohasidagi aloqalarni rivojlantirishdan iborat. Shuningdek, mamlakatlar o'rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, transport kommunikatsiyalarini takomillashtirish, madaniy va gumanitar sohalarda hamkorlikni mustahkamlash masalalari ko'rib chiqiladi.