Ўсимликларнинг табиатда ва инсон фаолиятида аҳамияти
Ushbu maqola O‘zbekistonning o‘simlik dunyosining boyligi, uning inson hayotidagi ahamiyati, jumladan, oziq-ovqat, tibbiyot, sanoat va boshqa sohalarda qo‘llanilishi haqida so‘z yuritadi. O‘simliklarning tabiatni yaxshilashdagi o‘rni, ular nafas olish uchun zarur bo‘lgan kislorodni ajratib chiqarishi, tuproqni mustahkamlashi va eroziyadan himoya qilishi ta’kidlangan. Inson salomatligini tiklashda shifobaxsh o‘simliklarning muhim roli, ulardan tayyorlangan dori-darmonlarga bo‘lgan talabning ortib borayotgani va ulardan oqilona foydalanish zarurati haqida ma’lumot berilgan. Shuningdek, dunyodagi va O‘zbekistondagi o‘simlik turlarining ko‘pligi, ularning turli iqlim sharoitlarida o‘sishi va ularning hayot uchun zarurligi haqida ham to‘xtalib o‘tilgan.