Ҳ.М. Абдуллаевнинг Ўзбекистон фани ривожидаги ўрни ва илмий мероси
Ushbu dissertatsiya H.M. Abdullayevning hayoti va ilmiy faoliyatini, uning boy ilmiy merosini, o'zbekistonlik iqtidorli ilmiy kadrlar tayyorlashdagi tashkilotchilik faoliyati va tashabbuskorligini yoritishga bag'ishlangan. Tadqiqotda Abdullayevning geolog olim sifatida shakllanishi, O'zbekiston fanining rivojlanishiga qo'shgan hissasi hamda milliy ilmiy salohiyatni oshirishdagi roli atroflicha tahlil qilingan. Shuningdek, uning davlat va jamoat arbobi sifatida faoliyati ham ko'rsatib o'tilgan. Dissertatsiya H.M. Abdullayevning ilmiy maktab yaratishga qo'shgan hissasi va uning ilmiy merosining bugungi kundagi ahamiyati ham tadqiq etilgan.