Абу ИсоМуҳаммадат-Термизий асарларидаги баъзи ҳуқуқий масалаларнинг таҳлилига доир мулоҳазалар
Ushbu maqola buyuk alloma Abu Iso Muhammad at-Termiziyning IX-X asrlarda Oʻrta Osiyoda huquqiy madaniyatning rivojlanishidagi oʻrni va uning ilmiy merosini tahlil qiladi. Maqolada muallif Termiziyning asarlari, xususan "Sunan Termiziy" asaridagi huquqiy masalalarni chuqur oʻrganib, Islom huquqshunosligining shakllanishi va rivojlanishiga hissa qoʻshganligini taʼkidlaydi. Xususan, oila, nikoh, meros, moliyaviy-iqtisodiy munosabatlar, taʼlim, jamiyat va boshqaruvga oid huquqiy masalalar koʻrib chiqiladi. Termiziyning asarlarining bugungi kundagi ahamiyati, uning huquqiy va maʼnaviy tarbiyaga oid qarashlari hozirgi zamon uchun ham qimmatli ekanligi taʼkidlanadi.