Автомазиция контроля и Диагностики Изменения Параметов Сетевих
Ushbu maqolada elektr uzatish liniyalari va kuchlanish transformatorlaridagi elektr energiyasining yo'qolish sabablari tahlil qilingan. Kuchlanish transformatorlarining parametrlarini o'zgarishini masofadan nazorat qilish va signalizatsiyasini avtomatlashtirish bilan bog'liq vazifa dolzarbligi ko'rsatib o'tilgan. Tok transformatorlarining asosiy parametrlarini nazorat qilish va signalizatsiyasini avtomatlashtirishga quyidagi parametrlar ta'sir ko'rsatadi: transformatorning nominal kuchlanishi, transformatorning birinchi zanjiridagi nominal kuchlanish va tok, transformatorning ikkinchi zanjiridagi nominal kuchlanish va tok, transformatsiya koeffitsienti, termik turg'unlik, birinchi va ikkinchi g'almaklar orasidagi izolyatsiya qarshiligi, transformator g'almaklarining reaktiv qarshiligi, temirning eskirish koeffitsienti, transformator g'almagi qarshiliklarining o'zgarishi va hakozolar.