🔍

Agroekologiya

Ushbu kitob Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va Oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan Fargʻona davlat universiteti Ekologiya kafedrasi uchun «Agroekologiya» fani boʻyicha maʼruza matnlari sifatida nashr etilgan. Unda agroekologiya fanining mazmuni, vazifalari, boshqa fanlar bilan aloqasi, qishloq xoʻjalik ekinzorlarida organizmlarning paydo boʻlishi, qishloq xoʻjalik landshaftlari, organizmlarning kelib chiqishi, madaniy oʻsimliklarning kelib chiqish markazlari, agrotsenoz, uning komponentlari, mahsuldorligi, antropogen omillar, agrobio-tsenoz barqarorligi, agrotsenozga agrotexnik tadbirlarning taʼsiri, ekinzorlarni kasallik va zararkurandalar bilan ishgʻol etilishi, oʻsimliklarni moslashuvi organizmlar oʻrtasidagi munosabatlar, muhit ekologiyasini agrotsenozlarga taʼsiri, landshaftlar organizmlar tarqalishiga taʼsiri, mineral va organik oʻgʻitlarning taʼsiri, yerdan foydalanish va almashlab ekish, qishloq xoʻjalik ekinlarini, kimyoviy tozalashni biologik oqibatlari, Markaziy Osiyo va Oʻzbekistonning qishloq xoʻjaligi mintaqalari, agrotsenozlar mikroflorasi, makrofaunasi, begona o'tlar ekologiyasi kabi mavzularga oid ma'lumotlar berilgan.

🔑 Kalit soʻz🎯 75.8%

Эл дастирхонига шифобахш неъмат

Ushbu maqolada Xorazm vohasi sharoitida past boʻyli gʻoʻza navlarining hosil elementlariga suv hamda mineral oʻgʻitlar va sugʻorish rejimi taʼsirini tahlil qiladi. Qishloq xoʻjaligida suv resurslaridan samarali foydalanishga taʼsir etuvchi omillar koʻrib chiqiladi. Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini mexanizatsiyalash, jumladan, traktorlar va boshqa qishloq xoʻjaligi texnikasining samaradorligini oshirish masalalariga urgʻu beriladi. Shuningdek, chorvachilik va sabzavotchilikda qoʻllaniladigan yangi texnologiyalar, oʻsimliklar himoyasi va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash hamda iqtisodiy masalalar boʻyicha maqolalar mavjud.

🔑 Kalit soʻz🎯 75.5%

Agrokimyo

Ushbu o'quv qo'llanma O'zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo'jaligi vazirligi Samarqand qishloq xo'jalik instituti tomonidan agrokimyo fani bo'yicha laboratoriya mashg'ulotlarini o'tkazish uchun mo'ljallangan. Qo'llanma Oliy ta'lim muassasalarining Agronomiya, O'simliklar himoyasi va karantini, Qishloq xo'jalik ekinlari urug'chiligi va seleksiyasi, Qishloq xo'jalik mahsulotlarini yetishtirish, saqlash va qayta ishlash texnologiyasi, Kasbiy taʼlim (Agronomiya), va Ipakchilik taʼlim yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, talabalarga agrokimyo fani bo'yicha amaliy ko'nikmalarni shakllantirishda yordam beradi.

🔑 Kalit soʻz🎯 75.2%