Халқ севган Адиб
Ushbu kitob O'zbekiston xalq yozuvchisi Abdulla Qahhor hayoti va ijodiga bag'ishlangan bo'lib, adibning adabiy merosini o'rganish, targ'ib qilishda kutubxonachilar va axborot-resurs markazlari xodimlariga yordam berish maqsadida tuzilgan. Kitobda Abdulla Qahhorning hayoti, ijodi, asarlari, tarjimalari, shuningdek, u haqidagi xotiralar va maqolalar jamlangan. Qo'llanmada adibning yubileylarini o'tkazish bo'yicha metodik tavsiyalar ham berilgan.