Аморф моддаларда фототок ходисаларини сонли моделлаштириш асосида тадкик килиш
Ushbu kitob amorf moddalardagi fototok hodisalarini sonli modellashtirishga bag'ishlangan. Unda past temperaturalarda vujudga keladigan korrelyatsiyalangan nur sochuvchi rekombinatsiya modeli kompyuter yordamida qurilgan. Asosiy e'tibor zarrachalarning tunnel sakrashlari va elektron-teshik rekombinatsiyasi kabi jarayonlarga qaratilgan. Shuningdek, fototok tashuvchilarning statsionar konsentratsiyasi, energiya bo'yicha taqsimoti va ularning rekombinatsiya mexanizmlari batafsil ko'rib chiqilgan.