Ансамбль синфи
Ushbu o‘quv qo‘llanma O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 28 iyundagi 434-sonli buyrug‘iga asosan nashrga tavsiya etilgan. Qo‘llanma musiqiy san’at yo‘nalishidagi OTM larida ansambl sinfi bo‘yicha saboq olayotgan bakalavriat talabalari uchun mo‘ljallangan. Unda talabalarning jo‘rnavozlik, ansambl bo‘lib ijro etishlariga oid asosiy ma’lumotlar bayon etilgan. Qo‘llanma O‘zbekiston davlat konservatoriyasi profеssori O‘lmas RASULOV va O‘zbеkiston хalq artisti, dotsеnt Rifatilla QOSIMOVlar tomonidan tayyorlangan.