Поражения сетчатки при артериальной гипертензии: алгоритмы диагностики и комплексная терапия
Ushbu monografiya arterial gipertenziya (AG) bilan og'rigan bemorlarda gipertonik angio-retinopatiya (GAR)ning rivojlanish mexanizmlari, diagnostikasi va kompleks davolashning zamonaviy usullarini o'z ichiga oladi. Unda AG ning ko'zga ta'sir etuvchi mexanizmlari, xususan, gipertonik retinopatiya, xorioretinopatiya va optik neyropatiyani rivojlanishi, shuningdek, tomirlarning shikastlanishi, mikrotrombozlar, qon ketishlar va boshqa asoratlarning rivojlanishi batafsil yoritilgan. Monografiyada optik koherent tomografiya (OKT) va uning angiografiyasi (OKTA) kabi zamonaviy vizualizatsiya usullarining qo'llanilishi, shuningdek, laboratoriya tekshiruvlari (endotelin-1 va D-dimerlar) natijalari tahlil qilingan. Eng muhimi, ushbu tadqiqotda GAR ning turli bosqichlarida qo'llaniladigan dorilarni, lazerli davolash usullarini va ularning samaradorligini baholashga alohida e'tibor qaratilgan.