Аҳолига коммунал хизмат кўрсатиш тизими самарадорлигини ошириш йўллари
Ushbu doktorlik dissertatsiyasi mamlakatimizda kommunal xizmatlar tizimini rivojlantirish va uning samaradorligini oshirishning dolzarb muammolarini o'rganishga bag'ishlangan. Tadqiqotda "raqamli iqtisodiyot" sharoitida ushbu tizimni takomillashtirishning nazariy va amaliy jihatlari, xususan, cluster tizimini joriy etish, innovatsion texnologiyalardan foydalanish, xarajatlarni optimallashtirish va boshqaruvning raqamlashtirilgan tizimlarini joriy etish kabi masalalar chuqur tahlil qilingan. Tadqiqotning asosiy maqsadlari kommunal xizmat ko'rsatish tizimining samaradorligini oshirish bo'yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat bo'lib, bunda hududiy xususiyatlar ham hisobga olingan. Tadqiqot natijalari O'zbekiston Respublikasi va hududlar uchun kommunal xizmatlar sohasini yanada rivojlantirishga qaratilgan ilmiy-amaliy tavsiyalar sifatida ham xizmat qiladi.