Аҳолини интерактив динамик карталарини тузишнинг назарий ва амалий масалалари
Ushbu kitob O'zbekiston Respublikasi aholisining statistik ma'lumotlarini interaktiv dinamik xaritalar orqali vizualizatsiya qilishning nazariy va amaliy jihatlarini o'rganadi. Tadqiqotda zamonaviy GIS texnologiyalari va bulutli texnologiyalardan foydalangan holda aholi to'g'risidagi ma'lumotlarni xaritaga joylashtirish hamda ulardan samarali foydalanish metodikasi ishlab chiqilgan. Kitobda aholi soni, uning hududiy taqsimoti, yosh va jinsiy tarkibi, ijtimoiy-iqtisodiy ko'rsatkichlari kabi demografik ma'lumotlarni interaktiv dinamik xaritalar yordamida tahlil qilish yo'llari ko'rsatilgan. Shuningdek, O'zbekistonning turli hududlari (viloyatlar, tumanlar, shaharlar, mahallalar) bo'yicha aholi haqidagi ma'lumotlarni aks ettiruvchi interaktiv dinamik xaritalar yaratilgan va ularning amaliy qo'llanilishi bo'yicha tavsiyalar berilgan. Kitobda ushbu xaritalarning yaratilishi uchun zarur bo'lgan dasturiy ta'minotlar (ArcGIS online, QGIS) va texnologiyalar haqida ham ma'lumot berilgan.