«Баслаӱыш билимлендириӱде оқытыӱдың заманагөй педагогикалық технологияларын енгизиӱ жоллары».
Ushbu kitob G'. Zarimbetova tomonidan yozilgan bo'lib, boshlang'ich ta'limda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish yo'llari haqida o'quv-metodik qo'llanmadir. Unda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning mohiyati, maqsad va vazifalari, uning ilmiy-nazariy asoslari, bosqichlari, shuningdek, boshlang'ich sinf o'qituvchisining kasbiy mahorati bilan bog'liq jihatlari chuqur yoritilgan. Kitobda ta'lim jarayonida interaktiv metodlardan foydalanish, pedagogik jarayonni boshqarish, shaxsni shakllantirish kabi muhim masalalar ham o'rin olgan. Qo'llanma talabalar, o'qituvchilar hamda ta'lim sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar uchun mo'ljallangan.