The development of the english literature
Ushbu kitob ingliz adabiyotining rivojlanishi, uning jahon adabiyotidagi o'rni, davrlari, shuningdek, "Beovulf" dostoniga bag'ishlangan ma'ruzalar to'plamidir. Kitobda ingliz adabiyotining jahon adabiyotidagi roli, uning rivojlanish bosqichlari, qadimgi ingliz adabiyoti, o'rta ingliz adabiyoti, Uyg'onish davri, 17-asr ingliz adabiyoti, 18-asr, romantizm davri, Viktoriya davri, 19-asr oxiri va 20-asr boshlari ingliz adabiyoti, 20-asr ingliz adabiyoti kabi davrlar haqida ma'lumot berilgan. Shuningdek, "Beovulf" dostonining qisqacha mazmuni, undagi asosiy qahramonlar, dostonning ahamiyati va tahlili keltirilgan.