Sanoat va fuqaro binolari arxitekturasi
Ushbu kitob O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Termiz davlat muxandislik va agrotexnologiyalar universiteti tomonidan tayyorlangan „Sanoat va fuqaro binolari arxitekturasi“ fani uchun mo‘ljallangan o‘quv-uslubiy majmuasidir. Kitobda sanoat va fuqaro binolarining arxitekturasi, ularning konstruktiv yechimlari, asosiy elementlari, turar-joy binolarining klassifikatsiyasi, shuningdek, zilzilaga chidamli qurilish konstruksiyalarining birikish usullari kabi mavzular chuqur yoritilgan. Shuningdek, kitobda zonalar, pollarning turlari, tom yopmalari, zinalar, liftlar va axlat tushirgichlar kabi muhim masalalar ham o‘z ifodasini topgan. O‘quv-uslubiy majmua talabalarga nazariy bilim berish bilan bir qatorda amaliy mashg‘ulotlar hamda mustaqil ish mavzularini o‘z ichiga olgan.