Бухоро ахбори” ва ”Озод Бухоро” газеталари - БХСР транспорт тизимини ўрганиш манбаси
Maqola Buxoro Xalq Sovet Respublikasida (BXSR) transport tizimini o'rganish manbalaridan biri sifatida "Buxoro axbori" va "Ozod Buxoro" gazetalariga bag'ishlangan. Maqolada 1920-1924 yillarda chop etilgan gazetalarda transport vositalari, yo'llar va transport faoliyati haqidagi ma'lumotlar tahlil qilinadi. Gazetalarda otlar, aravachalar va faytonlar kabi transport vositalaridan foydalanish, yo'llarni ta'mirlash, yangi yo'llar qurish, temir yo'llarni tiklash va transport tizimini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar haqida ma'lumotlar keltirilgan.