Буғдойдошлар оиласи айрим вакилларини интродукция шароитида ўрганишга доир
Ushbu maqola bug'doydoshlar oilasiga mansub ayrim o'simlik vakillarini introduksiya sharoitida o'rganishga bag'ishlangan. Maqolada, xususan, Aegilops cylindrica Host. va Hordeum spontaneum C.Koch. turlarining introduksiya sharoitidagi o'sishi, rivojlanishi, morfologik va biologik xususiyatlari, shuningdek, ularning qimmatli ozuqa ekinlari sifatidagi ahamiyati tahlil qilingan. Tadqiqotlar Andijon davlat universiteti Botanika bog'ida olib borilgan bo'lib, unda o'simliklarning turli biometrik ko'rsatkichlari, jumladan, poyaning uzunligi, barglarning soni, ildiz tizimining rivojlanishi, boshoqning tuzilishi va urug'larning sifati o'rganilgan.