Взаимоотношение агрессивно-протективных факторов при антихеликобактерной терапии язвенной болезни и пути оптимизации лечения
Dissertatsiya Pattoxovaning M.X. yara kasalligini antibakterial terapiya bilan davolashda agressiv-himoya omillari munosabatlariga bag'ishlangan. Dissertatsiyada yara kasalligining kelib chiqish omillari va davolash usullari klinik-instrumental, farmakologik, biokimyoviy usullar bilan o'rganilgan. Turli makrolidlar, nitrimidazol hosilalari, proton pompa ingibitorlari, amoksitsillin va rifampitsinning oshqozon shilliq qavatidagi himoya omillariga ta'siri ko'rib chiqilgan. Dissertatsiyada o'rganilgan preparatlar va uchlik terapiya sxemalarida ularning kombinatsiyasi agressiv-himoya omillari munosabatlariga turlicha ta'sir ko'rsatadi.