Волластанит толалари билан дисперсли арматураланган енгил бетонларнинг хоссаларини тадқиқотлаш ва уларни энергиятежамкор турар-жой биноларида қўллаш
Ushbu ishda O'zbekistonda keng tarqalgan va arzon bo'lgan tabiiy xom-ashyolar: vermikulit va vollastonitdan foydalangan holda energiya tejaydigan, yuqori mustahkamlikka ega bo'lgan engil betonlar ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish va ularni turar-joy binolarida qo'llash masalalari o'rganilgan. Tadqiqotda vermikulitli va vollastonitli engil betonlarning asosiy komponentlari, ularning fizik-mexanik xossalari, turli tarkibiy nisbatlarda tayyorlangan beton namunalarining mustahkamligi va deformatsiya xususiyatlari tadqiq etilgan. Olingan natijalar asosida engil betonlarni samarali qo'llash bo'yicha takliflar berilgan.