Проектирование производства гидротехнических работ по возведению земляных насыпных плотин
Ushbu uslubiy qo'llanma gidrotexnika inshootlarida, xususan, tuproq massivlaridan barpo etiladigan to'g'onlarning qurilish jarayonini loyihalashga bag'ishlangan. Unda tuproq massivlaridan to'g'onlar qurish bo'yicha ishlar ishlab chiqarish jarayonini loyihalash, asosiy xomashyolar, tuproq qatlamlari, shag'al va toshli-shag'alli gruntlar, gil, qum va ularning grunt massivlaridagi joylashuvi, gidrogeologik sharoitlar, yer qatlamlarining turlari hamda ularning xossalari, tuproq bilan ishlashning asosiy usullari, mashinalar va mexanizmlarni tanlash, yer qazish va ko'chirish ishlarini tashkil etish kabi muhim masalalar o'rin olgan. Shuningdek, tuproqni tayyorlash, uni joylashtirish, zichlashtirish va uni talab etilayotgan loyiha talablariga muvofiq ravishda barpo etish uslublari batafsil bayon etilgan. Qo'llanmada gidrotexnik inshootlar qurilishida zamonaviy texnika va texnalogiyalardan foydalanish, ish unumdorligini oshirish, xarajatlarni kamaytirish hamda qurilish sifatini nazorat qilish bo'yicha tavsiyalar berilgan.