Xalqaro diplomatiya va xalqaro munosabatlar hamda unda o’zbekistonning o’rni
Mazkur bitiruv malakaviy ishida Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro munosabatlardagi oʻrni, tashqi siyosatining maqsad va vazifalari hamda ushbu siyosatning ustuvor yoʻnalishlari atroflicha tahlil qilingan. Xususan, Oʻzbekistonning jahon hamjamiyatiga qoʻshilishi, xalqaro tashkilotlardagi faol ishtiroki, mintaqaviy va global siyosatdagi roli, boshqa davlatlar bilan oʻzaro hamkorlik aloqalari batafsil yoritilgan. Shuningdek, Oʻzbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari, MDH a'zolari, Yevropa Ittifoqi, AQSH kabi davlatlar va nufuzli tashkilotlar bilan olib borayotgan siyosiy, iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamkorlikning dolzarb jihatlari, uning istiqbollari ham atroflicha o'rganilgan.