Маъмурий жавобгарлик тушунчаси ва хусусиятлари
Ushbu material "Ma'muriy javobgarlik" mavzusidagi ma'ruza uchun tarqatma material hisoblanadi. Ma'ruzada ma'muriy javobgarlik tushunchasi, uning o'ziga xos xususiyatlari, huquqiy javobgarlikdagi o'rni, jinoyiy javobgarlikdan farqi, turlari (voyaga yetmaganlar, mansabdor shaxslar, xizmatchilar, xorijiy fuqarolar va boshqalar) hamda maxsus avtomatlashtirilgan texnika vositalari orqali aniqlangan huquqbuzarliklar uchun javobgarlik ko'rib chiqiladi. Shuningdek, zaruriy mudofaa va oxirgi zarurat kabi tushunchalar ham tahlil qilinadi. Materialda ma'muriy huquqning dolzarbligi, normalar va qonun hujjatlar tahlili, savol-javoblar, munozaralar va amaliy masalalar yechimi o'rin olgan. Ma'ruza natijasida talabalarda ma'muriy huquqiy institutlar bo'yicha tushuncha va bilim shakllanishi maqsad qilingan.