Замонбобо маданиятининг зарафшон водийси ибтидоий тарихини ўрганишдаги ўрни
Maqolada Zarafshon vohasida jez davriga oid Zamobobo madaniyatining o'rni va ahamiyati o'rganilgan. Zamobobo kompleksi chorvador qabilalar madaniyati uchun muhim manba ekanligi, miloddan avvalgi 2-ming yillikning birinchi yarmiga oidligi ta'kidlangan. Yodgorlikning joylashuvi, o'rganilish tarixi, topilmalar (sopollar, jez buyumlar, tosh qurollar), dafn marosimlari va boshqa madaniy jihatlari tahlil qilingan. Shuningdek, Zamonboboning qo'shni qabilalar bilan aloqalari va O'rta Zarafshondagi boshqa yodgorliklar bilan o'xshashliklari ko'rib chiqilgan. Maqolada Zarafshon vohasining bronza davridagi etnomadaniy jarayonlari va aholining xo'jalik faoliyati haqida xulosalar berilgan.