Жамият тарққиётида интеллектуал саёхатнинг ўрни.
Ushbu bitiruv malakaviy ishda jamiyatning intellektual salohiyatini rivojlantirishda davlat siyosatining o‘rni va ahamiyati tahlil qilindi. Jamiyat rivojlanishida, jumladan, o‘tish davrida intellektual salohiyat muhim belgilovchi omil sifatida namoyon bo‘ladi. Jamiyatning intellektual salohiyati ziyolilar bilan cheklanmaydi, balki, jamiyat taraqqiyoti natijasida to‘plangan bilimlar, ilm-ma'rifat, ixtirolar, ilmiy bilimlarni ishlab chiqarishga joriy qilish hamda zamonaviy binolarni qurish qobiliyati, ilmiy uskuna, jihozlar va hokazolardan tashkil topadi. Ziyolilar jamiyat intellektual salohiyatining o‘zagi va uni harakatlantiruvchi faol qismi hisoblanadi. Uning o‘z-o‘zini shakllantirish, jamiyatni iqtisodiy, siyosiy, madaniy rivojlantirish, bozor iqtisodiyotida intellektual mulk sifatida namoyon bo‘lish xususiyatlari mavjud. Jamiyat intellektual salohiyati o‘z shakllanish manbalariga ega bo‘lib, ular ta'lim-tarbiya, ta'lim tizimi, ilmiy tadqiqotlar, fan, ma'rifiy targ‘ibotlar kiradi. Ushbu manbalarning ichki imkoniyatlarini ishga solib doimiy faollashtirilib turilishi kerak bo‘ladi. Shu bilan birga, jamiyatning intellektual salohiyati ziyolilar va davlat, ziyolilar va ishlab chiqarish, ziyolilar va xorijiy davlatlar o‘rtalaridagi madaniy munosabatlar asosida shakllanadi. Ushbu munosabatlar asosida jamiyatning intellektual salohiyati shakllanishi va rivojlanishiga ta'sir qiluvchi qator omillar shakllanadi. Ular ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy munosabatlar, shart-sharoitlar va imkoniyatlardan tashkil topgan bo‘ladi. Ularni ijobiy va salbiy omillarga bo‘lib, ijobiy ta'sir etuvchi omillarni rag‘batlantirib, salbiy ta'sir etuvchi omillarni bartaraf qilib borish zarur hisoblanadi.