Иссиқхоналарни иситиш тизимига улаш ва узиш вақтини аниқлаш
Maqolada issiqxonalarni isitish tizimiga ulash va uzish vaqtini aniqlash masalalari ko'rib chiqilgan. Shaffof plyonka to'siqlarning optik va issiqlik texnikaviy xususiyatlari, quyosh radiatsiyasi va tashqi muhit haroratining o'zgarishi bilan bog'liq holda, isitish tizimini ulash va uzish vaqtini aniqlashning ahamiyati asoslangan. Issiqlik energiyasini tejash uchun imkoniyat yaratish maqsadida, isitish tizimini boshlash va tugatish vaqtini aniqlash usullari taklif etilgan. Turli sharoitlarda (bir va ikki qavatli plyonka to'siqli, kenglik va meridian yo'nalishidagi issiqxonalar uchun) isitish mavsumining davomiyligi hisoblangan. Plyonka to'siqli issiqxonalarning ustidagi qoplamni berkitish va ochish muddatlarini aniqlash masalalari ham ko'rib chiqilgan.