Керосин фраксияларни сув билан совитиш учун самарали аппарат ишлаб чикиш
Ushbu dissertatsiya ishi "Kerosin fraktsiyalarini suv bilan sovutish uchun samarali apparat ishlab chiqish" mavzusiga bag'ishlangan bo'lib, neftni qayta ishlash sanoatida uglevodorod bug'larini va neft distillatlarini sovutish jarayonlarini intensivlashtirish va shu orqali energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan tadqiqot hisoblanadi. Tadqiqotda Uglevodorod bug'lari va distillatlarining issiqlik-fizikaviy xossalarini o'rganish, ularni sovutishda qo'llaniladigan usullarni tahlil qilish va samaradorligini oshirish bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqish asosiy maqsad qilib belgilangan. Shuningdek, yangi konstruktiv materiallarni tanlash va innovatsion yondashuvlar orqali mavjud texnologiyalarni takomillashtirish ham ko'zda tutilgan.