Киргули ҳудудида жойлашган “Мумтоз” тўйхонасининг иссиқ сув таъминоти тизими учун қуёшли сув иситгич-аккумляторининг иссиқлик техник характеристикаларни тадқиқ этиш
Ushbu kitob quyosh energiyasidan issiqlik manbai sifatida foydalanish, quyosh suv kollektorlarini loyihalash va ularning issiqlik texnik xususiyatlarini tadqiq etishga bag'ishlangan. Unda O'zbekiston va xorijiy davlatlardagi quyosh suv kollektorlari bo'yicha tajribalar, kollektorlarning turlari, quyoshli issiq suv ta'minoti tizimlari va ularni qo'llash sohalari ko'rib chiqilgan. Bundan tashqari, quyoshdan kelayotgan energiya hisobi, kollektorlarning konstruksiyalari va issiqlik ko'rsatkichlari tahlil qilingan. Kitobda Farg'ona viloyatidagi "Mumtoz" to'yxonasining issiq suv ta'minoti tizimi uchun quyoshli kollektorlarni loyihalash masalalari ham o'rin olgan.