Хусусий корхонанинг ташкилий-ҳуқуқий шакл сифатидаги ўзига хос хусусиятлари
Ushbu maqola Oʻzbekistonda korporativ huquqning rivojlanishi va uni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar tahliliga bag'ishlangan. Mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirish, qabul qilingan qonunlar va amalga oshirilayotgan iqtisodiy-huquqiy islohotlar xususiy korxonalarning tashkil topishi va faoliyat yuritishiga qulay sharoit yaratgani ta'kidlanadi. Xususan, "Xususiy korxona to'g'risidagi" qonun, O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi va boshqa qonun hujjatlari xususiy korxonalarning huquqiy asoslarini belgilab beradi. Maqolada xususiy korxonalar boshqa tashkiliy-huquqiy shakllardan, jumladan, aksiyadorlik jamiyatlari, mas'uliyati cheklangan jamiyatlar va o'rtoqliklardan farqli jihatlari ko'rsatib o'tiladi. Xususiy korxonaning yagona mulkdor tomonidan tuzilishi, mol-mulki bilan javobgar bo'lishi, boshqaruvda mulkdorning bevosita ishtiroki kabi o'ziga xos xususiyatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, xorijiy davlatlar tajribasi, jumladan Germaniya va AQShda xususiy korxonalarning ahamiyati ham tilga olinadi. Maqola xulosa qismida xususiy korxonalar tashkil etish va ularning faoliyat yuritish jarayonlari sodda va qulay ekanligi, boshqa subyektlarga nisbatan afzalliklari qayd etiladi.