Quyma mahsulotlarni loyihalash va ishlab chiqarish
Ushbu kitob quymakorlik va uni amalga oshirish texnologiyasini o'rganishga bag'ishlangan. Unda quymakorlik jarayonining asosiy tamoyillari, jihozlar, materiallar, jumladan, qum-gilli qoliplar, metall modellari, o'zaklar, quymakorlik ishlatiladigan qotishmalar hamda ularning xususiyatlari batafsil yoritilgan. Shuningdek, kitobda nuqsonlar, ularning sabablari va oldini olish choralari, aniq quyma olish texnologiyalari, jumladan, erib chiqib ketadigan moslamali quyma olish, gazlanib chiqib ketadigan moslamali quyma olish, markazdan qochma kuch yordamida quyma olish, bosim ostida quyma olish va kokil usulida quyma olish kabi mavzular chuqur tahlil qilingan. Kitob quymakorlik metallurgiyasi, suyuqlantirish jarayonlari va ularning turlari hamda sifatli quyma olish uchun texnologik jarayonlarni loyihalash asoslarini ham o'z ichiga oladi. Yakunida nazorat savollari va adabiyotlar ro'yxati berilgan.