Кунгабоқарнинг маҳаллий шароитга мос, ҳосилдорлик ва сифат кўрсаткичлари юқори бўлган, эртапишар навларини яратиш
Ushbu kitob, Xabibullayev Xoljura Abduxalil o'g'lining qishloq xo'jaligi fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiyasining asosiy qismini tashkil etadi. Unda kungaboqarning mahalliy sharoitga mos, hosildor va sifat koʻrsatkichlari yuqori boʻlgan, ertapishar navlarini yaratish boʻyicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar va ularning natijalari batafsil yoritilgan. Kitobda "Madina" nomli yangi kungaboqar navining yaratilishi, uning seleksiyasi, texnologik xususiyatlari, iqtisodiy samaradorligi va boshqa muhim jihatlari chuqur tahlil qilingan.