Ландшафтное проектирование
Ushbu o'quv qo'llanma landshaft dizayni va landshaft arxitekturasi bo'yicha chuqur bilim berishga qaratilgan. Unda landshaft ob'ektlarini loyihalash, zonani funksional jihatdan ajratish, turli uslublarni tanlash, kichik me'moriy shakllardan foydalanish, shuningdek, landshaft dizaynida zamonaviy kompyuter texnologiyalari va maketlash usullaridan foydalanish kabi mavzular atroflicha yoritilgan. Qo'llanma talabalarga nazariy bilimlar berish bilan bir qatorda, amaliy ko'nikmalarni shakllantirishga ham yordam beradi. Kitobda o'zbekistonlik va xorijiy landshaft dizaynerlarining tajribalari, turli landshaft uslublari va uslubiy yondashuvlar hamda me'moriy ob'ektlar misolida tushuntirilgan.