Лизинг и лизинговые операции
Ushbu darslik O‘zbekiston Respublikasi oliy o‘quv yurtlarining "Moliya va kredit" va "Bank ishi" mutaxassisliklari talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda lizingning mohiyati, O‘zbekiston Respublikasida lizing faoliyatini tartibga soluvchi huquqiy me’yoriy xujjatlar, lizing operatsiyalarining turlari, lizing shartnomalarini tuzish jarayoni, lizing faoliyatining iqtisodiy samaradorligi, lizing institutlari va ularning rivojlanishi, lizing to‘lovlari, sug‘urta va boshqa masalalar ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, xalqaro lizing va uning rivojlanish tendensiyalari ham o‘z aksini topgan. Kitobda talabalarga lizing bozorini tahlil qilish, lizing loyihalarini baholash va amalga oshirish bo‘yicha zaruriy nazariy va amaliy bilimlar beriladi.