Методике преподавания русского языка
Ushbu kitob, O'zbekiston Respublikasi Oliy va O'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan "Rus tili o'qitish metodikasi" kursidan lektsiyalar to'plamidir. Unda rus tilini o'qitish metodikasining nazariy asoslari, amaliyotdagi dolzarb masalalari, darsning tuzilishi, turli mashqlar, ko'rgazmali qurollar bilan ishlash usullari, shuningdek, o'quvchilarni mustaqil fikrlashga undash, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish yo'llari yoritilgan. Kitob, asosan, oliy o'quv yurtlari talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, undan o'qituvchilar ham foydalanishlari mumkin.