Мигреннинг артериал гипертензия касаллиги билан биргаликда келганида ривожланадиган сурункали мия ишемияси шаклланишининг замонавий клиник, гемодинамик ва баъзи биохимик жиҳатлари
Ushbu dissertatsiya mavzusi migren va gipertoniya (arterial gipertenziya) kasalliklarining birgalikda kechishi natijasida yuzaga keladigan surunkali miya ishemiyasi (SMI)ning rivojlanishidagi klinik, gemodinamik, neyropsi-xologik va bioximik jihatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda ushbu ikki kasallikning birgalikda kechishi natijasida miya qon-tomir tizimida yuzaga keladigan o‘zgarishlar, ularning rivojlanish mexanizmlari, prognozlash va oldini olish yo‘llari aniqlangan. Migren va gipertoniya bilan og‘rigan bemorlarda SMIni erta aniqlash algoritmi ishlab chiqilgan.