Тил – миллат таянчи
Ushbu maqola milliy tilning ahamiyati, uning jamiyat taraqqiyoti, tarix va rivojlanish jarayonlaridagi o'rni haqida so'z yuritadi. Ta'lim tizimidagi islohotlar, inson omilini takomillashtirish va ayniqsa, boshqaruv sohasidagi professionalizmga urg'u beriladi. Odamlar bilan til topishish, ularga ta'sir ko'rsatish va ularni to'g'ri boshqarishning muhimligi ta'kidlanadi. Milliy tilni o'rganishda oila va uning a'zolarining, ayniqsa, ota-onaning roli katta ekanligi, bolalarga aytiladigan ertak, rivoyat va hikoyatlarning bolalarning milliy tilini o'rganishda va o'zligini anglashida muhim o'rin tutishi aytib o'tiladi. Shuningdek, maqolada kommunikativ ko'nikmalar, jumladan, tinglash va so'zlash qobiliyatlarining ahamiyati, verbal va noverbal ta'sir vositalari hamda ularning insonlar o'rtasidagi munosabatlarga ta'siri haqida ham ma'lumot berilgan.