Мобиль алоқа тизимлари ишончлилигини баҳолаш модел ва алгоритмларини ишлаб чиқиш
Ushbu dissertatsiya mavzusi mobil aloqa tizimlarining ishonchliligini baholash uchun modellar va algoritmlarni ishlab chiqishga bag'ishlangan. Tadqiqotda mobil aloqa tizimlarining asosiy elementlari, jumladan, baza stantsiyalari va ularning boshqaruvchilari, turli aloqa liniyalari hamda ushbu tizimlarni uzluksiz elektr energiyasi bilan ta'minlash usullari tahlil qilingan. Tadqiqotda tizimlarning ishonchliligini oshirish bo'yicha yangi modellar, analitik ifodalar va algoritmlar taklif etilgan. Shuningdek, dasturiy ta'minotlar ishlab chiqilgan bo'lib, ular hisoblash jarayonini tezlashtirish va tizim samaradorligini oshirishga yordam beradi.