Морфолино-1-карбодитиоат кислотанинг янги ҳосилалари синтези
Maqolada morfolino-1-karboditioat efirlarining yangi hosilalari sintezi va ularning farmakologik faolligi o'rganilgan. Tarkibida =N-C=O; =N-C=S;=N-CH2-; -C(O)-CH2- funktsional guruhlar ishtirok etgan yangi hosilalar sintez qilingan. To'rtta izomer sintez qilingan va har bir birikmaning sintez jarayoni o'ziga xosligi bilan farqlanadi. Reaksiya mahsulotlari kristall holatdagilari qayta kristallash yo'li bilan tozalanadi. Moddalarning tarkibi element va struktura tahlili orqali tasdiqlangan. Birikmalar unumi 12-85% ni tashkil etadi. Morfolino-1-karboditioat kislotasining adabiyotda keltirilmagan 4 ta hosilasi olindi va sintez jarayoni o'rganildi. Birikmalarning tuzilishi IK-spektr tahlili asosida tasdiqlangan. Birinchi mahsulot vakillari antibakterial xususiyatlari jihatidan sulfanilamid preparatlari bilan raqobatlashadi.