Mustafo Kamol Otaturk va Islom Abdug'aniyevich porteretiga chizgilar
Ushbu magistrlik dissertatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov va Turkiya Respublikasi asoschisi Mustafo Kamol Otaturkning hayot yo‘llari, siyosiy faoliyatlari hamda davlat boshqaruvi siyosatining o‘ziga xos jihatlari va mushtarakliklarini qiyosiy tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda ikki buyuk davlat arbobining ijtimoiy-siyosiy faoliyati, siyosiy qarashlari va mamlakat taraqqiyoti uchun qilgan xizmatlari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Mustafo Kamol va Islom Karimovlarning siyosiy portretlarini qiyosiy o‘rganish orqali ularning mamlakat rivojiga qo‘shgan hissasi, olib borgan islohotlari, davlatni boshqarishdagi o‘ziga xos uslublari va g‘oyalari tahlil etiladi. Dissertatsiya kirish, uch bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovalardan iborat bo‘lib, unda ikki tarixiy siymoning faoliyati hamda siyosiy-strategik yo‘lidagi uyg‘unlik va farqli jihatlar manbalar tahlili orqali ochib berilgan. Tadqiqot yakunida xulosalar va taklif-tavsiyalar ishlab chiqilgan.