Мatbaa materiallari
Ushbu kitob bosma mahsulotlarini sifati va estetik bezatilishi, ularning saqlanishi va xizmat qilish muddatlari asosan matbaa materiallari xossalariga bog'liq ekanligini, shuning uchun ishlatiladigan materiallarni tanlash va ularning xossalarini baholash juda katta ahamiyatga ega ekanligini tushuntiradi. Mazkur uslubiy qo'llanma 15 ta laboratoriya ishlaridan tashkil topgan bo'lib, ulardan 10 tasi asosiy material bo'lgan qog'ozning tarkibi, assortimenti, strukturasi va texnologik ko'rsatkichlarni baholash usullariga bag'ishlangan. Qolgan ishlari bog'lovchi va buyoqlarning sifatini aniqlash usullarini o'rganishga mo'ljallangan. Uslubiy qo'llanma o'quv dasturi bo'yicha tuzilgan bo'lib, asosiy darsliklar mazmuniga mos keladi. Uslubiy qo'llanmadan ilmiy ish bajarayotgan bakalavr va magistrlarga foydalanish tavsiya etiladi.