Қардош бўлмаган тиллар тизимида ноаниқ олмошларнинг қиёсий-типологик тадқиқи (инглиз ва ўзбек тиллари мисолида)
Ushbu dissertatsiya tadqiqoti "Qardosh bo'lmagan tillar tizimida noaniq olmoshlarning qiyosiy-tipologik tadqiqi (ingliz va o'zbek tillari misolida)" mavzusiga bag'ishlangan. Unda ingliz va o'zbek tillarida noaniq olmoshlarning sintaktik o'rni, ularning tildagi funksiyalari va paradigmatik jihatlari qiyosiy-tipologik tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari jahon tilshunosligiga, xususan, sintaksis nazariyasiga hissa qo'shadi hamda ushbu mavzu bo'yicha kelajakdagi tadqiqotlar uchun asos bo'lib xizmat qiladi. Tadqiqotda qo'llanilgan metodlar zamonaviy tilshunoslikning talablariga javob beradi va muammoning har tomonlama yoritilishi ta'minlangan.