Организационно-экономические механизмы развития плодоовощеводства
Ushbu ishning maqsadi O‘zbekistonda meva-sabzavotchilikni rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo'yicha takliflarni ishlab chiqish va ilmiy asoslashdan iborat. Tadqiqotda meva-sabzavotchilikni rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarining joriy holati tahlil qilinib, uning rivojlanish tendensiyalari o'rganilgan. Ishda meva-sabzavotchilikni rivojlantirishning muhim omillari, jumladan, yer resurslaridan foydalanishni takomillashtirish va meva-sabzavot mahsulotlarini realizatsiya qilishning optimal tizimini shakllantirish bo'yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari O‘zbekistonda meva-sabzavotchilikni yanada rivojlantirish va uning raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.