Оёқларда сурункали вена етишмовчилиги бўлган беморларда даволаш усулларини оптималлаштириш
Ushbu dissertatsiya O‘zbekiston tibbiyot fani va texnologiyalarining ustuvor yo‘nalishlariga muvofiq tarzda tayyorlangan bo‘lib, surunkali venoz yetishmovchilik (SVE) va uning trofik yaralar bilan asoratlangan bemorlarni davolash usullarini optimallashtirishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda SVEning rivojlanish mexanizmlari, diagnostikasi va zamonaviy davolash usullari, jumladan, minimal invaziv texnologiyalar, xususan, EVLO va vakuum terapiyasi hamda ularning samaradorligi tahlil qilingan. Shuningdek, tadqiqotda trofik yaralarni davolashning yangi usullari, jumladan, «Wound size detector» mobil ilovasi hamda yangi algoritm ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan.