Паркинсон касаллигини эрта диагностикаси ва прогноз қилишни муқобиллаштириш
Ushbu doktorlik dissertatsiyasi Parkinson kasalligini erta aniqlash va rivojlanishini bashorat qilishning diagnostika va prognozlash usullarini optimallashtirishga bag'ishlangan. Tadqiqotda Parkinson kasalligining dastlabki (premotor) bosqichida aniqlanmagan, ammo harakat bilan bog'liq bo'lmagan belgilar, oilaviy anamnez, turmush tarzi kabi omillarning roli o'rganilgan. Birinchi tibbiy-sanitariya yordami shifokorlari uchun Parkinson kasalligini erta aniqlash va prognozlash bo'yicha kompyuter dasturi ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari dastlabki bosqichda kasallikni aniqlash va uning rivojlanishini sekinlashtirish, bemorlar hayot sifatini yaxshilash imkoniyatlarini ko'rsatib beradi.