Периапикал тўқималар одонтоген яллиғланиш касалликларини ташхислаш ва даволашдаинновацион ёндашувлар
Ushbu dissertatsiya O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash tizimini rivojlantirishning dolzarb muammolaridan biri bo'lgan periapikal to'qimalarning o'tkir va surunkali o'donfogen yallig'lanish kasalliklarini tashxislash va davolashda innovatsion yondashuvlarni ishlab chiqishga bag'ishlangan. Tadqiqotda termovizografiya, ultratovush o'steometriyasi va ultrasonografiya kabi zamonaviy noinvaziv diagnostika usullaridan foydalanishning samaradorligi asoslab berilgan. Shuningdek, o'tkir va surunkali o'donfogen yallig'lanish kasalliklarini tashxislashda yangi klinik-anatomik tasnif va diagnostik mezonlar taklif etilgan. Jarrohlik usullari - osteoperforatsiya va dekompressiya usullarining samaradorligi tasdiqlangan. Tadqiqot natijalari asosida bir qator uslubiy tavsiyanomalar ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan.