Признание и приведение в исполнение иностранных обеспечительных мер
Ushbu dissertatsiya Oʻzbekiston Respublikasida ta'minlash choralari, xususan, xorijiy sudlarda va xalqaro tijorat arbitrajida chiqarilgan ta'minlash choralarini tan olish va ijro etishning nazariy, amaliy va huquqiy muammolarini kompleks tahlil qilishga bag'ishlangan. Tadqiqotda ta'minlash choralarining huquqiy tabiati, mohiyati, turlari, rivojlanish bosqichlari, shuningdek, ularning xalqaro-huquqiy va milliy qonunchilik doirasidagi tartibga solinishi o'rganilgan. Xorijiy davlatlar va xalqaro tajribalar tahlil qilinib, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligini takomillashtirish bo'yicha takliflar va tavsiyalar ishlab chiqilgan.