Распространение сорго и его использование в народном хозяйстве и промышленности
Mazkur maqolada O'zbekistonda va jahon miqyosida sorgo (shakarli jo'xori) ning tarqalishi, uning qishloq xo'jaligi va sanoatda qo'llanilishi, xususan, qand ishlab chiqarishdagi ahamiyati haqida ma'lumot beriladi. Sorgo qurg'oqchilikka va sho'r yerlarga chidamliligi, yuqori hosildorligi bilan ajralib turadi. Maqolada O'zbekistonda yetishtiriladigan mahalliy navlar, xususan, "Qorabosh" va "O'zbekiston 18" navlarining o'ziga xos xususiyatlari haqida ham so'z boradi. Sorgo shakar qamish va lavlagidan farqli o'laroq, qand ishlab chiqarish uchun qulay va samarali xomashyo ekanligi ta'kidlanadi.