Растчетные и эксперименталные исследования по определению теплотехнических характеристик солнечной сушилки-парника с тепловым аккумулятором
Ushbu maqolada quyosh energiyasidan foydalanadigan issiqxona-quritgichlar va ularning issiqlikni saqlovchi elementlari bo'yicha hisob-kitob va eksperimental tadqiqotlar natijalari keltirilgan. Tadqiqotlar O'zbekiston sharoitida quyosh energiyasidan foydalanish imkoniyatlarini o'rganishga qaratilgan. Unda issiqlikni saqlovchi gleyber tuzidan tayyorlangan modullardan foydalanilgan holda quyosh issiqxonasi-quritgichining konstruksiyasi optimallashtirilgan. Ushbu qurilma yilning kuz-qish davrida issiqxona sifatida, bahor va yoz oylarida esa quritgich sifatida ishlatilishi mumkin. Maqolada shuningdek, issiqlikni saqlovchi elementlar hajmining ta'siri ham ko'rib chiqilgan. Jumladan, 500 litr hajmdagi suvli issiqlik saqlovchining eng maqbul hajmi ekanligi aniqlangan.