Рауф Парфи шеъриятида макон ва замон
Ushbu kitobda Rauf Parfining she'riyatida makon va zamon kategoriyalari, ularning o'ziga xos xususiyatlari va asarlarda qanday ifodalanishi ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Kitobda lirik turdagi asarlarda makon va zamonning o'rni, assotsiativ tasvirda badiiy xronotopning namoyon bo'lishi, shoirning ruhiy olami va ijodiy mahorati kabi masalalar ko'rib chiqilgan. Shuningdek, shoirning g'oyalari, falsafiy qarashlari va milliy qadriyatlarga sodiqligi tahlil etilgan.