СКЛЕРТЭК технологияси ёрдамида рецикл этиленни ректификация йўли билан тозалаш
Ushbu bitiruv malakaviy ishi polietilen ishlab chiqarish jarayonida hosil bo'ladigan chiqindi etilenni qayta tiklashga bag'ishlangan. Ishda, Markaziy Osiyoda yagona bo'lgan Sho'rtangaz kimyo majmuasining polietilen ishlab chiqarish sexida malakaviy amaliyot davomida olingan ma'lumotlar asosida, retsikl etilenni rektifikatsiya yo'li bilan tozalash bo'limining loyihasi ko'rib chiqilgan. Ishda monomer etilenning konversiyasi 95% bo'lishi ta'minlangan holda, reaksiyaga kirishmay qolgan 5% etilenni qayta ishlatish imkoniyati yaratilgan. Bu orqali, yillik 6840 tonna etilen iqtisod qilinishi hisoblab chiqilgan. Shuningdek, ishda atrof-muhit muhofazasiga oid chora-tadbirlar, xususan, atmosfera havosiga tarqaladigan zararli gazlarni kamaytirish masalalari, mehnat muhofazasi qoidalari ham o'z aksini topgan.